
Ispaniya ustoziga ishonch ortdi
Ispaniya terma jamoasi Luis de la Fuente bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
63 yoshli mutaxassis boshchiligidagi terma jamoa "Evro-2024" finaliga yo‘l oldi va Angliyaga qarshi bahs olib boradi.
Ispaniya futbol federatsiyasi final natijasidan qat’i nazar terma jamoa bosh murabbiyi bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokara olib boradi.
De la Fuentega 2026 yilgi mundialga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilinadi va bitimni "Evro-2028"ga qadar uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, ular murabbiyning maoshini uch baravar oshirmoqchi. (Bonuslarsiz 600 ming evrodan 1.8 million evroga qadar)
Fikrlar