Ispaniyada "mini-VAR" tizimi sinovdan o‘tkaziladi
Ispaniya futbolida kuch jihatidan uchinchi divizion va ayollar chempionatida FVS (Football Video Support) — boshqa nom bilan "mini-VAR" tizimi sinovdan o‘tkaziladi. U faqat penalti yoki gol holatlarini aniqlashda qo‘llaniladi.
FIFA hakamlar qo‘mitasi prezidenti Perluidji Kollinaning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim futbolda arzonroq texnologiyalarga ehtiyoj tufayli joriy etilmoqda:
"Ushbu tashabbus FIFA tomonidan ilgari surilgan texnologiyalarni ommalashtirish va inson xatolari ta’sirini kamaytirish maqsadlariga javob beradi" - deya ta’rif berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 15 avgust kuni start oladi. Amaldagi chempion – "Barselona".
Fikrlar