Istomin o‘z yurishini to‘xtatdi
Javokhir Azimov
Koronavirus unga salbiy ta’sir qildimi?
Hamyurtimiz Denis Istomin Italiyaning Parma shahrida o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning 1/16 final bosqichida amerikalik Mitchell Kryugerga qarshi kortga chiqqan sportchimiz 2 setda imkoniyatni boy berdi. Bellashuv okeanorti vakilining 6:4, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Avvalroq, Istomin Belladagi turnirning chorak final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

Izohlar (0)