Jahon chempionati. O‘zbekistonning ilk raqibi - Turkmaniston
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga etdi.
Bugun dunyo birinchiligining sakkizinchi kuni aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra, ilk bosqichda turkmanistonlik dzyudochilarga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu juftlik g‘olibi 1/4 finalda Yaponiya - Avstriya qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi.
Yaponiya - Avstriya
O‘zbekiston - Turkmaniston
Italiya - Vengriya
Gruziya - Xitoy
Fransiya - IJF
Koreya Respublikasi - Mo‘g‘uliston
Braziliya - Qozog‘iston
Germaniya - Ozarbayjon
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar