Jaloliddin Masharipov oldida yana bir variant bor

  • 27 yanvar, 2021, 21:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jaloliddin Masharipovning "transfer mashmashasi" cho‘zilgandan cho‘zilmoqda. "Paxtakor" klubi vakili hujjat ishlari bo‘yicha ayni paytda O‘zbekistonda ekani borasida saytimiz orqali xabar bergandik.

Masharipov Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubiga o‘tishi deyarli aniq edi. Ammo kutilmaganda, hamyurtimizning bu jamoaga yo‘l olishi biroz ortga surildi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, agarda Jaloliddin Saudiyaga bormaydigan bo‘lsa, unga Qatardan chorlovlar bor. Lekin qaysi jamoadan ekanligi noma’lum. Albatta, bu variant oxirgi yo‘l bo‘lishi aytilmoqda. Ya’ni, boshqa asosiy takliflar o‘xshamaganda, Qatar klubilaridan biriga o‘tishi mumkinligini bildiradi.

Transferlar davrida ko‘chib o‘tishlar yo‘nalishi umuman o‘zgarib ketishi ham hech gap emas. Shunday ekan, voqaelar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!