Jarohat olgan Ronalduning ahvoli qanday?

  • 02.03.2026 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Saudiya Arabistoni Professional ligasining 24-turida “Al-Fayha” klubiga qarshi (3:1) o‘yinda jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohatning og‘irlik darajasi haqida fikr bildirdi.

- Ronaldu mushak og‘rig‘ini his qildi. Biz ikkinchi golni urganimizdan keyin tavakkal qilgim kelmadi va uni almashtirdim. Tibbiyot xodimlari, albatta, uning holatini baholaydi, ammo u faqat mushak charchog‘ini sezdi.

Murabbiy sifatida mening vazifam — o‘yinning barcha tafsilotlarini aniq tushunish va kerakli paytda to‘g‘ri almashtirishlarni amalga oshirish. Biroq buning uchun o‘yin taqdirini hal qila oladigan va jamoaga hissa qo‘sha oladigan futbolchilar ham kerak, - dedi Jorje Jezush.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penalti­ni amalga oshira olmadi, 81-daqiqada esa o‘ng oyog‘idagi muammo sabab almashtirildi.

Joriy mavsumda Ronaldu klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!