Jekson "Bavariya"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 01.09.2025 21:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson Myunxenning "Bavariya" klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv ijara asosida amalga oshadi. Unda futbolchi belgilangan miqdorda o‘yinlarda maydonga tushgan taqdirda, sotib olish sharti avtomatik ravishda kuchga kiradi.

Ijara uchun 16,5 million evro to‘lanadi. Agar sotib olish bandi ishga tushsa, "Chelsi" 65 million evro oladi. Shuningdek, angliyaliklar keyinchalik transferdan tushadigan foydadan foizga ega bo‘lishadi.

"Bild" manbasiga ko‘ra, 2026 yil yozida sotib olish optsiyasi 80 million evroga baholangan. Shu bilan birga, "Bavariya" futbolchining yiliga 8 million evro atrofidagi maoshini to‘liq qoplaydi.

Agar myunxenliklar to‘liq transferni amalga oshirishga qaror qilsa, Jekson bilan besh yillik shartnoma kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!