Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Jerar Pike «Real» muxlislariга murojaat qildi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Jerar Pike tarixan bahsli hakamlik qarorlari ko‘proq «Real Madrid» foydasiga ishlaganini aytdi va ular muxlislarini shikoyatni to‘xtatishga chaqirdi.

«Barselona» sobiq etakchisi Jerrar Pike «Real Madrid» muxlislariga murojaat qilib, hakamlik mavzusidagi bahslarga oʻz munosabatini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, tarixan bahsli hakamlik qarorlari koʻproq «Real» foydasiga chiqib kelgan. Pikega koʻra, «Barselona» esa yutuqlarini asosan maydondagi oʻyini hisobidan qoʻlga kiritgan. Shu bois ispaniyalik sobiq futbolchi «Real» atrofidagi muhitni hakamlardan shikoyat qilishni bas etishga chaqirdi.

«Siz (‚Real‘ muxlislari) doim hakamlar haqida gapirasiz... Hakam xatolari albatta boʻladi, lekin tarixga nazar tashlasak, ularning koʻpchiligi ‚Real Madrid‘ tomoniga ishlagan. Chempionlar Ligasi finallarini eslamay qoʻya qolaymi? Qoidalarga qanchalik mosligi shubhali boʻlgan gollar bor — masalan, Serxio Ramos urgan gol», — dedi Pike.

Uning soʻzlariga koʻra, «Barselona» gʻalaba qozonishni faqat bitta yoʻl bilan biladi — yaxshi oʻyin koʻrsatish orqali.

«Biz faqat chiroyli va sifatli futbol orqali yutamiz. Shuning uchun ham butun dunyoda tanilganimiz: juda koʻp sovrinlarni aynan yaxshi oʻyin hisobiga qoʻlga kiritganmiz», — deb taʼkidladi Pike.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q