Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Jervonta Devis avtohalokatga uchradi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U yaqindagina navbatdagi jangini o‘tkazgan edi.

Engil vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan afsonaviy Floyd Meyvezerning shogirdi Jervonta Devis (24-0, 23 KO) avtohalokatga sababchi bo‘ldi.

U o‘zining boshqaruvidagi avtomobilni yuqori tezlikda haydab, qizil chiroqdan o‘tib ketgan va boshqa mashinaga borib urildi. Ushbu voqeada bir nechta inson jarohat olgan. Jervonta esa, voqea joyidan qochib qolgan.

Jervonta 1 noyabr tongida Leo Santa Kruzga (37-2-1, 19 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, jangning 6-raundida ajoyib nokaut bilan g‘alabaga erishgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q