Joau Gomes faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi
«Aston Villa» «Vulverxempton» yarim himoyachisi Joao Gomesni 40 million yevro va 5 million yevro bonus evaziga sotib olishga kelishdi.
«Aston Villa» «Vulverxempton» yarim himoyachisi Joao Gomesni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 40 million yevro miqdoridagi kafolatlangan to‘lov va qo‘shimcha ravishda 5 million yevro bonuslardan iborat bo‘ladi. «Vulverxempton» bu taklifni qabul qilgan va braziliyalik yarim himoyachiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat bergan.
Gomes klub joylashgan bazaini allaqachon tark etgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga chiqqan.
2025/2026 yildgi mavsumda Joao Gomes barcha musobaqalar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va uchta golli pas berdi.
Izohlar (0)