Jo‘rabek Karimov bugun kortga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimov bugun Qatarda davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik va juftlik bahslarining navbatdagi bosqichida kortga chiqadi.

Jo‘rabek yakkalik bahslarida frantsiyalik Maksim Xamuni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi davrada gollandiyalik Tim Van Rixtovenga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Juftlik bahslarida tennischimiz hindistonlik Arjun Kade bilan tandemda latviyalik Deyvids Yuksa va rossiyalik Aleksey Vatutin ustidan 6:2, 4:6, 10:5 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Jo‘rabek va Arjun chorak finalda shvetsiyalik Markus Eriksson va Sam Taylor bilan raqobatlashadi.

Jo‘rabek Karimovning yakkalik bahslaridagi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00da, juftlik bellashuvlaridagi o‘yini esa 20:00da boshlanadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!