Jota: "Biz qiyin hafta bo‘lishi bilgan edik"

  • 11 mart, 14:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota PSJga qarshi bellashuvdan avval Arne Slot bilan birgalikda matbuot anjumanida ishtirok etdi. Portugaliyalik hujumchi bo‘lajak uchrashuv va Saloh haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Biz oldinroq bu hafta biz uchun muhimligini sezib, his qilgan edik. Shunga qaramay, biz keyingi bosqichga yo‘l olishni xohlaymiz. 
 
O‘tgan hafta og‘ir o‘tdimi? O‘ylashimcha, ha. Lekin ertaga oldimizda muxlislar bo‘lishadi va bu boshqacha bo‘ladi. Ayrim o‘yinlar og‘ir o‘tadi, rejamiz o‘xshamaydi, ammo shunda ham xarakter ko‘rsata olishimiz muhim. 
 
Asosiy futbolchimiz Saloh fantastik o‘yin namoyish etmoqda. Odamlar uning statistikasini hisoblashni to‘xtatishi kerak. Chunki faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. U biz uchun muhim futbolchi va keling, yakuniy raqamlar qanday bo‘lishini kutamiz. 

Diogo Jota of Liverpool during a training session and press conference ahead of their UEFA Champions League 2024/25 round of 16 second leg match at...
 
Bu mavsum men uchun og‘ir o‘tmoqda. Mavsum davomida jarohatim sabab, bir nechta muammolarga yo‘liqdim. Oxirgi oylarda yaxshi formada emasligini his etyapman, biroq shunga qaramay, o‘zimning bor kuchimni beraman. Bu qancha vaqt olishini esa bilmayman. 
 
4 yildan oshiq vaqt davomida Chempionlar ligasida gol kirita olmayotganligimni bilmas ekanman. Statistika — bu o‘yinning bir qismi, lekin u hamma narsadan dalolat bermaydi. Gol kiritishni xohlayman, ammo gol kirita olmasam ham, keyingi bosqichga chiqsak, bundan umuman tashvishlanmayman" - deya ta’rif berib o‘tdi mersesaydliklar hujumchisi.

Diogo Jota of Liverpool speaks in a press conference ahead of their UEFA Champions League 2024/25 round of 16 second leg match at Anfield on March...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!