“Kalyari” qancha sarfladi?

  • 4 sentabr, 2023, 16:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlari tarkibiga kiruvchi A Seriyada ham yozgi transfer bozori yopildi. Ekspertlar jamoalar tomonidan amalga oshirilgan transferlarni turli rakurslardan tahlil qilib chiqmoqda.

Tecno

Sky Sport nashri “Kalyari”ning transfer xarajatlarini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, sardiniyaliklar A Seriya jamoalari o‘rtasida chiqimlar bo‘yicha 15-pog‘onani egalladi.

“Kalyari”ning yozgi sarfi 21 million evroni tashkil qildi. Xo‘sh, klub kimga qancha sarfladi?

Bu ko‘rib chiqamiz:

Mateush Viteska: 5 million evro

Matteo Prati: 5 million evro

Ibrohim Sulemana: 4 million evro

Pantelis Xatsidiakos: 2 million evro

Tommazo Audjello: 2 million evro

Alessandro Di Pardo: 1,1 million evro

Eldor Shomurodov: 1 million evro (kredit)

Simone Skaffet: 800 ming evro

Kristian Travalini: 100 ming evro

Yakub Yankto: erkin agent

Andrea Petanya: ijara

Gaetano Oristanio: ijara

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!