Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kamavinga «Real»da zahirada qolishiga izoh berdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Kamavinga «Real»da asosiy tarkibga kirish uchun oʻyinida barqarorlik va kamroq xatolar qilish yetishmayotganini tan oldi.

«Real» jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga nega hali ham asosiy tarkib futbolchisiga aylanolmayotgani haqida gapirib berdi. Frantsiya terma jamoasi a’zosi oʻz oʻyinida barqarorlik yetishmayotganini tan oldi.

Kamavinga fikricha, u kamroq xatoga yo‘l qo‘yishi kerak. Shundagina u oʻyinini barqarorlashirib, «Qirollik klubi»da doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatiga ega boʻladi.

«Menga «Real»da asosiy tarkib futbolchisiga aylanish uchun barqarorlik yetishmayapti. Albatta, yaxshi oʻyinlarim boʻlgan, lekin aynan barqarorlik eng muhim omil. Maydonda doim diqqatni yo‘qotmaslik va imkonini boricha kamroq xato qilish kerak», — deb ta’kidladi Kamavinga.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Kamavinganing «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Uning nomini bir qator yetakchi ingliz klublari bilan bog‘lashgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q