
Karolina Plishkova jiddiy qarshilikka uchradi
Chexiyalik tennischi Karolina Plishkova "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida muvaffaqiyatli start oldi.
U chempionatning birinchi davrasida xitoylik Chju Linga qarshi kortga chiqdi. Karolina qariyb 1 yarim soat davom etgan uchrashuvda 6:2, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Endi Plishkova chempionatning ikkinchi davrasida puertorikalik Monika Pyuigga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar