Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Karvaxal qancha muddatga safdan chiqdi?

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Yana bir jiddiy yo‘qotish

"Real"ning "Granada"ga qarshi o‘yinida jamoa himoyachisi Dani Karvaxal jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, futbolchi uzoq muddatga safdan chiqqan. 

"El Chiringuito" nashrining xabar berishicha, Karvaxal 3 yoki 4 hafta madridliklarga yordam bera olmaydi. U Ispaniya superkubok uchrashuvlari o‘tkazilayotgan paytda maydonga qaytishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, "Real"ning ayni paytda jarohat olib, jamoaga yordam bera olmayotgan futbolchilari etarlicha. Gyuler, Militao, Chuameni, Kamavinga, Modrich, Kurtua va Vinisiuslar shular jumlacidandir. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q