Kazemiroga ikki mashhur klub da'vog'ar
“Manchester Yunayted”da eng katta maosh olayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro mavsum oxirida jamoani tark etadi va uning oldida yangi variantlar chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, Kazemiroga hozirning o‘zida ikki nomdor klublar chorlov bo‘lyapti.
Birinchi navbatda, Braziliyaning “San-Paulu” klubi o‘zi tarbiyalagan futbolchini ortga qaytarishga qaror qilgan. Shuningdek, AQShning “Inter Mayami” klubi ham 33 yoshli charm to‘p ustasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Kazemiro 2013 yilning boshida “Real” akademiyasi hisoblangan “Kastilya”ga ijaraga taklif etilgan va yarim mavsumdan keyin “Qirollik klubi” uni 6 million yevroga to‘liq transfer qilgan edi.
2014 yilning yozida “Real” Kazemironi 7,5 million yevroga “Portu”ga sotib yubordi va bir yildan keyin ikki baravar qimmatiga yarim himoyachini yana Madridga qaytardi. Shu tariqa, Kazemiro 2022 yilning yoziga ispan grandida faoliyat yuritdi.
“Manchester Yunayted” mohir tayanch yarim himoyachini olish uchun madridliklarga 71 million yevroga yaqin badal puli to‘lgan.
Fikrlar