Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kazemironing yangi jamoadagi maoshi ma'lum bo'ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunaqa pul uchun Manchesterdan ketsa bo‘ladi

Braziliyalik mashhur futbolchi Kazemiro joriy mavsum yakunida “Manchester Yunayted” klubini erkin agent maqomida tark etdi.

RTI nashri ma'lumotiga ko‘ra, tajribali yarim himoyachi yozda Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” jamoasiga borib qo‘shilish masalasini kelishi qo‘ygan.

Kazemiroga AQSh klubi 2028 yilning oxirigacha davom etadigan shartnoma beradi va ushbu hujjatga ko‘ra, ungi shu muddat ichida 70 million funt sterling miqdorida xizmat haqi beriladi.

Kazemiro ilgari uzoq muddat “Real”da o‘ynagan va 2022 yilda “Manchester Yunayted”ga 70 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi va ikki golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining qiymatini sakkiz million yevro deb baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q