Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kerrik "Arsenal"ni qanday baholadi?

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Murabbiy bo‘lajak o‘yin oldidan raqib jamoa haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Yakshanba kuni "-Manchester Yunayted"- Angliya chempionati doirasida safarda "-Arsenal"-ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan "-qizil iblislar"- bosh murabbiyi Maykl Kerrik bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.

— Bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Bu biz uchun jiddiy sinov. "-Arsenal"- juda kuchli jamoa, ularning o‘yinida ko‘plab ustun jihatlar bor. Jadvalda egalab turgan o‘rni ham bejiz emas. Biz buni yaxshi tushunamiz. Hozir jamoamiz yaxshi holatda. Maydonga katta energiya va ishtiyoq bilan chiqib, ijobiy o‘yin namoyish etishni xohlaymiz, — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

"-Arsenal"- hamda "-Manchester Yunayted"- o‘rtasidagi bahs 25 yanvar kuni soat 21:30'da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q