Kievda ikki nafar hamyurtimiz jang qiladi

  • 21.02.2020 19:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Ertaga, Ukraina poytaxti Kiev shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur kechada ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi navbatdagi janglarini o‘tkazadi. 69,9 kgda Ulug‘bek Sobirov (9-0-0-5 KO) mag‘lubiyatsiz odimlayotgan mezbon Dmitriy Mitrafonov (7-0-1-5 KO) bilan to‘qnash kelsa, 63,5 kg vaznda Shohruh Ashurov (2-1-1) yana bir ukrainalik Yuriy Vishnyakov (4-0-0-2 KO)ga qarshi jang qiladi.
Bugun, vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bokschilarimiz belgilangan vazn me’yorini bajara olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nadirbek Anvarov
21/02/2020 20:06
Киевда мезбон маглубиятсиз кетаетган боксчиларга карши жуда кийин булади.Яккол устунлик еки нокаут этмаса галаба мезбонга берилиш коэффициенти куп