Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Klopp Germaniya terma jamoasini boshqaradimi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Germaniya bosh murabbiy qidira boshlandi

«Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» klublarida muvaffaqiyatli ishlagan taniqli mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi savollarga o‘z munosabatini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha milliy jamoani qabul qilib olish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rmagan. Bu haqida Klopp Magenta TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

- Bu haqida hali o‘ylab ham ko‘rmaganman. Nomzodim ko‘rib chiqilayotganini juda yaxshi tushunaman, lekin bu haqida hozir gapirishning mavridi emas, — dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Yulian Nagelsmann boshqaruvidagi Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining 1/16 finalida Paragvayga qarshi bahsda penaltilar seriyasida kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Shunga qaramay, Nagelsmann hozircha o‘z lavozimini tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q