Kloppni ishdan haydashmoqchi

  • 04.03.2026 21:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” bosh murabbiyligini tark etganidan keyin  Yurgen Klopp “Red Bull” korporatsiyasining futbol yo‘nalishi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fransiyaning L'Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis lavozimidan ozod etilishi kutilyapti.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, korporatsiya tizimi va rahbariyat orasida Kloppning ishiga nisbatan norozilik bor. U ayrim qabul qilingan qarorlari uchun tanqidlarga nishon bo‘lyapti.

Ta'kidlanishicha, joriy mavsum yakunlangandan so‘ng Klopp o‘rnini “Kristal Pэlas”ning amaldagi bosh murabbiyi Oliver Glasner egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Klopp 2024 yil yozida “Liverpul2 bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. 2025 yil yanvaridan buyon mutaxassis “Red Bull” tizimida ishlamoqda.

Avvalroq 58 yoshli murabbiyga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirgan edi. Klub xo‘jayini Florentino Peres jamoani aynan Klopp boshqarishini orzu qilayotganini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!