Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Klub sobiq rahbari ozodlikdan mahrum etildi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Hakamga nisbatan harakatlar bunga sabab bo‘ldi

Turkiya klubining sobiq rahbari hakamga nisbatan qo‘pol harakatlari uchun 3 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilindi.

"Ankaragyujyu"ning sobiq prezidenti Faruk Koja 3 yil 7 oy 22 kun muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘tgan yilning 11 dekabr kuni "Rizespor"ga qarshi bahsning final hushtagidan so‘ng sobiq rahbar bir necha kishi hamrohligida maydonga chiqib, hakam Xalil Umut Melerga zarba bergan. Bu voqeadan ko‘p o‘tmay esa u klub rahbari lavozimidan iste’foga chiqarilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q