Koronavirus sabab, O‘runovga ta’til berildi
"Ufa" futbolchilariga 2 haftalik ta’til berdi.
"Ufa" klubi 2 haftalik mashg‘ulotlarni bekor qildi. Jamoa futbolchilarga 2 aprelgacha ta’til berdi.
"14 kun davomida futbolchilarimiz individual ravishda jismoniy holatlarini ushlab turishadi," - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni RPL, Olimp-FNL va Olimp-PFL koronavirus kasalligi keng tarqalgani bois 10 aprelgacha qoldirildi.

Izohlar (0)