Kriştianu Ronalduning "An-Nasr"dagi kelajagi ma'lum
Krishtianu Ronaldu va "An-Nasr" oʻrtasidagi ziddiyatlar yakuniga yetdi. Bu haqida insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, portugaliyalik futbolchi katta ehtimol bilan riyodliklar safida qoladi. Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamgʻarmasi "An-Nasr"ga yangi mavsumda transferlar uchun koʻproq mablagʻ ajratishini maʼlum qilgan. Ronaldu ham aynan shu narsani talab qilgan edi. Shu sababli endi 40 yoshli forvard jamoada qolishga rozi boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Ilgari Krishtianu "An-Nasr" oʻyinlarini boykot qilishni rejalashtirgan edi. U klubning boshqaruvi va kichik byudjetidan norozi boʻlgan.
Fikrlar