Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kshishtof Pyontek "Jenoa"ga qaytmoqda

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

U shu erda tanilgan edi.

Polshalik hujumchi Kshishtof Pyontek “Jenoa”ga qaytishga yaqin turibdi. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u kecha genuyaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

“Jenoa” Pyontekni “Gerta”dan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Agar “Jenoa” A Seriyada qolishni uddalasa, keyinchalik Kshishtofning transferini to‘liq sotib olishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Pyontek aynan “Jenoa”dagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan. Shundan so‘ng u “Milan”ga ko‘chib o‘tdi, ammo u erda uning omadi kelmadi. So‘ngra “rossonerilar” uni “Gerta”ga sotib yubordi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q