Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Kunni g‘alaba bilan boshladik!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz iordaniyalik raqibini mag‘lub etdi.

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi.

Bugun ham chorak final bahslari davom etmoqda. 

-85 kg da hamyurtimiz Nusrat Tohirov iordaniyalik Hussein Iashashga qarshi ringga ko‘tarildi.

Dastlabki 2 raundda ustunlik qilgan vakilimiz 3-raundda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi, ammo yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Sabina Boboqulova va janubiy koreyalim Mun Gaeon to‘qnashuvi kutib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q