Kutilgan murabbiy kelmaydigan bo‘ldi
“Bavariya” jamoadan ketadigan Tomas Tuxelb o‘rniga boshqa mutaxassis qidirishda davom etadigan bo‘ldi.
Myunxenliklar “Brayton” bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilgan Roberto De Dzerbening jamoani qabul qilib olishini kutayotgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis “Bavariya”ni boshqarish taklifini qabul qilmagan.
Roberto De Dzerbi “Brayton”ni 2022 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu mutaxassis Angliya Premer-ligasida qolishi mumkin.
“Bavariya” jamoani boshqarish uchun o‘ziga ma’qul murabbiy qidirishiga to‘g‘ri keladi. Aksariyat mutaxassislarga klub qo‘yayotgan talablar ostida ishlash to‘g‘ri kelmayapti.
Fikrlar