
Lamin Yamal: Bu jamoada hech qachon o‘ynamayman!
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubining 16 yoshli hujumkor futbolchisi Lamin Yamal o‘zi hech qachon o‘ynamaydigan jamoa nomini aytdi.
- Men ham “Barselona”ning “Real”da hech qachon o‘ynamayman, deydigan fanatlaridanmanmi? Ha, albatta shunday, - dedi Lamin Yamal Marca nashriga.
Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Lamin Yamal asosiy tarkibga bir yil muqaddam qabul qilingan edi. Yakunlangan mavsumda 16 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 51 marotaba o‘yin o‘tkazib, ettita gol va 10 ta assist muallifi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasida ham muvaffaqiyatli to‘p tepmoqda. Hozirga qadar u xalqaro miqyosda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar