Lamin Yamal: "Messi — barcha davrlarning eng yaxshisi"
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messini o‘zi uchun namuna deb atadi.
"Qachonki sportchining nafaqat o‘z sport turida, balki boshqa barcha turlarda ham afsona ekanini anglasangiz, demak u eng zo‘ridir. Messi — buning yorqin misoli. U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, shu bilan birga eng yaxshi sportchi ham.
Men uchun u shunchaki kumir emas. Barcha uni qilgan ishlari va ko‘rsatayotgan namunasi uchun hurmat qiladi. Men ham uning izidan borishga umid qilaman", — dedi Yamal.
Fikrlar