Laporta Messiga “Barsa” eshigini ochdi

  • 19.03.2026 20:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” prezidentligiga qayta saylangan Joan Laporta klub afsonasiga aylangan Lionel Messining Kataloniyaga qaytishi borasida fikr bildirdi.

- Leo har doim “Barselona” bilan o‘zi xohlagan tarzda bog‘liq bo‘lib qoladi. Agar u “Barselona” kabi ijtimoiy institutning buyukligini yanada oshirishga qaror qilsa, klub eshiklari u uchun doimo ochiq, - dedi Laporta TV3 telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek Argentina milliy jamoasi tarkibida jahon chempioni hisoblanadi.

“Barselona” safida o‘ynagan vaqtda Messi to‘rt marta Chempionlar ligasida va o‘n marta Ispaniya chempionatida g‘alaba qozongan. Lionel 2021 yilda “Barselona”ni tark etgan. O‘shanda Joan Laporta Messiga berilgan shartnomani qaytib olgan edi. O‘undan keyin tomonlar munosabatida sovuqlik yuzaga kelgan.

Messi qadrdon klubini tark etib, ikki mavsum PSJda o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. 2023 yilning yozida esa, argentinalik yulduz AQShning “Inter Mayami” jamoasiga  safiga qo‘shildi va hozir ham shu yerda o‘ynayapti.

Laporta navbatdagi saylovlarda g‘olib chiqqanidan keyi “Barselona” klubini 2031 yilgacha boshqaradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!