Lesya Tsurenko bosh sovrinini munosib himoya qildi
Akapulkoda WTA tomonidan tashkil etilgan turnirda ukrainalik Lesya Tsurenko o‘tgan yilgi bosh sovrinini munosib himoya qildi.
Musobaqaning final uchrashuvida Lesya shveytsariyalik Shtefani Fogele bilan kuch sinashdi. Uch set davom etgan o‘yinda Tsurenko raqibini 5:7, 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Lesya Tsurenko Shu tariqa "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining bosh sovrinini qatorasiga ikkinchi marotaba qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyat unga 280 reyting ochkosi va 43.000 AQSh dollari keltirdi.

Fikrlar