Levandovski bu jamoada o‘ynash uchun puldan ham voz kechadi

  • 20.12.2025 12:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovskining klub bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlarda o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.

Polshalik futbolchi jamoada qolish uchun ana shu imkoniyatni ishga solmoqchi. Levandovski yangi bitim olish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor.

Bu haqda Cadena Ser xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati jamoada eng katta maosh olayotgan Levandovski bilan shartnomani hozirgi shartlar asosida uzaytirmaydi. Chunki yoshi o‘tib qolayotgan yulduzning ayni paytdagi yillik maoshi 33,3 million evroni tashkil qiladi.

Levandovski 2022 yil yozidan beri “Barselona” safida to‘p surib kelmoqda. Shu davr ichida u barcha musobaqalarda 164 ta o‘yinda ishtirok etib, 109 ta gol va 22 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!