Lineker Pochettinoni MYUdagi xavfdan ogohlantirdi
Uzoqqa bormaysan!
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «Manchester Yunayted»ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino klubda uzoq qolishiga shubha bilan qaramoqda. Uning fikricha, argentinalik mutaxassis avvalroq ishdan bo‘shatilgan Maykl Kerrikka nisbatan ancha tajribali bo‘lishiga qaramay, «MYu»da ko‘p tura olmasligi mumkin.
Linekerning ta’kidlashicha, Pochettino «Manchester Yunayted»dagi haqiqiy vaziyatni anglab etganida, katta ehtimol bilan hafsalasi pir bo‘ladi.
Shu bilan birga, u klub rahbariyati Kerrikni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli ish qilmaganini qayd etdi.
- Pochettino u yerda 18 oydan ko‘proq ishlasa, hayron qolaman. Har doim bir xil manzara: barcha ayb oxir-oqibat murabbiy zimmasiga yuklanadi… Menimcha, asosiy muammolar ancha yuqorida.
Pochettino ham Fergyuson ketganidan keyingi davrda ko‘plab avval o‘tgan murabbiylar duch kelgan qiyinchiliklarga osongina uchrashi mumkin, — dedi Lineker The Rest Is Football nashriga.
Ma’lumot uchun, Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Angliya premer-ligasi klubiga o‘tish uchun u AQSh terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.
Izohlar (0)