Lionel Messi yangi klub tanladi! Transfer yanvarda
Kutilmagan burilish
AQShning «Inter Mayami» klubida to‘p tepayotgan Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi 2027 yil yanvaridan Rosariodagi «Nyuwells Old Boyz» safida to‘p surishi mumkin.
- Bu mavzuni birinchi marta Estadio 3 dasturida ko‘targan edik: Lionel Messi hech qachon «Nyuwells Old Boyz»ga o‘tishga bu qadar yaqin bo‘lmagan! Bu transfer 2027 yil yanvar oyida amalga oshishi ehtimoldan xoli emas», — deya yozgan jurnalist Gonsalo Kalvidjoni.
Messi 2023 yil yozidan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda va klub tarixi bo‘yicha eng yaxshi to‘purar hamda eng ko‘p golli uzatma muallifiga aylangan. Uning hisobida jamoa safidagi 122 rasmiy uchrashuvda 106 ta gol mavjud. 2025 yildgi mavsumda u bir yilda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida klub rekordini yangilab, barcha musobaqalarda jami 43 ta to‘p kiritdi.
AQShda o‘ynayotgan davrida Messi MLS tarixida ham bir qator rekordlarni o‘rnatdi. U bir o‘yinda eng ko‘p golli uzatma (5 ta) va eng ko‘p gol+pas (6 ta) qayd etgan futbolchiga aylandi. Shuningdek, liga tarixida muntazam chempionatlard 100 ta golli harakat (gol yoki pas) chegarasini eng tez — 64 o‘yinda zabt etgan.
Argentinalik futbolchi MLS tarixida ilk bor beshta o‘yin ketma-ket dubl qayd etgan o‘yinchi bo‘ldi. U shuningdek, uch mavsum qatoridan kamida 15 tadan golli uzatma bergan yagona futbolchi sifatida qayd etilgan. 2025 yildgi pley-off bahslarida esa bir mavsum doirasida eng ko‘p golli harakat (15 ta: 6 gol va 9 golli pas) rekordini o‘rnatdi.
2024 va 2025 yillarda Messi MLSning eng qimmatli o‘yinchisi deb topildi. Bundan avval liga tarixida hech kim bu mukofotni ikki mavsum ketma-ket qo‘lga kiritmagan edi. Shuningdek, u 2025 yildgi muntazam chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylanishib, 29 ta gol urdi.
«Inter Mayami» tarkibida Messi Kubok lig, Supporters’ Shield, MLS Kubogi, Chempionlar kubogi va Sharqiy konferensiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)