Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Liverpool" jahon chempionidan yuz oʻgirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi u kerak bo‘lmay qoldi

Amaldagi shartnoma 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

«Liverpul» rahbariyati argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allisterga yaqin vaqtlarda yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bernabeu Digital nashri ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi mavsum yakunlangach futbolchi bilan xayrlashishi mumkin.

27 yoshli Mak Allisterning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Shunga qaramay, manbaga ko‘ra, joriy mavsum tugagach, argentinalik futbolchi jamoani tark etishi kutilmoqda.

Mak Allister avvalroq bergan intervyularida o‘tgan yozdayoq «Liverpul»ni tark etish ehtimolini ko‘rib chiqqanini aytgan edi. Shuningdek, u klubdan yangi shartnoma bo‘yicha taklif yo‘qligi uni ranjitayotganini ham ochiq tan olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q