"Liverpool" mashhur yulduzini sotadigan bo'ldi
Klubda katta o‘zgarishlar bo‘ladi
"Liverpool" klubi argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterni yozgi transfer oynasi davrida boshqa klublarga sotib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, bir nechta klublar argentinalik futbolchi atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
"Liverpool" rahbariyati 27 yoshli o‘yinchi bo‘yicha jiddiy va munosib takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Hozircha aniq takliflar haqida gapirishga erta, ammo transfer bo‘lishi ehtimoli yuqori ekani, jahon chempioni yaqin oylarda jamoani tark etishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Aleksis Mak Allisterning bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda u "qizillar" tarkibida 55 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Izohlar (0)