Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Liverpool" o'zining transfer rekordini yangilaydi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Nishondagi oʻyinchi shunga arziydi

«Bornmut» safida to‘p surib kelayotgan braziliyalik yosh hujumchi Rayanga yana bir ingliz grandi – «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» 20 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun o‘zining transfer rekordini yangilashga tayyor. Keyingi yildan Rayan shartnomasidagi maxsus band kuchga kiradi, unga ko‘ra uning to‘lov miqdori deyarli 152 million yevro etib belgilangan.

Rayan joriy mavsum Angliya premyer-ligasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol ham, golli uzatma ham qayd etmadi.

To‘rt turdan so‘ng «Liverpul» olti ochko jamg‘ara oldi va turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoa peshqadam London klubi «Arsenal»dan olti ochkoga orqada qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q