
“Liverpul” katta transferni hal qildi
“Liverpul” rahbariyati “Yuventus” bilan Federiko Keza transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, liverpulliklar dastlab 13 million evro miqdorida badal puli to‘laydi va o‘yinchining ishtirokiga qarab, keyinchalik turli ustamalar qo‘shiladi.
Kezaning o‘zi bilan “Liverpul” to‘rt yillik bitim va har mavsum uchun 5 million evrodan maosh to‘lash bo‘yicha kelishib olgani aytilmoqda.
26 yoshli hujumkor futbolchining Turin klubi bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha tuzilgan edi. Biroq yangi bosh murabbiy Tiago Motta Federiko Kezani tarkibga qo‘shmadi va klub bu o‘yinchini sotib yuborishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar