Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Liverpool” supertransfer bo‘yicha ish boshladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Muḥammad Saloḥning o‘rnini to‘ldirish kerak

Angliyaning “Liverpul” klubi jamoani tark etgan Muhammad Saloҳ o‘rnini to‘ldirish uchun “RB Leyptsig” vingeri Yan Diomand transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, mersisaydliklarning futbolchi bilan kelishuvga erishish imkoniyati "Pari Sen-Jermen"nikidan yuqoriroq.

Manbaga ko‘ra, “RB Leyptsig” bir necha bor 19 yoshli futbolchi sotilmasligini ta’kidlagan va klub pozitsiyasini o‘zgartirish uchun 130 million evrodan ortiq taklif talab qilinishi bildirilgan.

O‘tgan yozda “Liverpul” transferlar uchun 522 million evro sarflaganini hamda boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish zarurligini hisobga olganda, ingliz klubi ushbu futbolchini sotib olishdan voz kechishi ham mumkin.

Diomandning “RB Leyptsig” bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va unda tovon puli orqali shartnomani bekor qilish bandi mavjud emas. PSJ ham futbolchiga katta qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha bu borada “Liverpul”chalik ilgari lay olmagan. Shuningdek, “Manchester Siti” ham futbolchiga da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q