“Liverpool” yangi murabbiy topdi
Ali Ahmadxo’jayev
"Liverpul" yozda Arne Slot ketishi ehtimoli bo‘lgan taqdirda asosiy o‘rinbosar sifatida "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraolaning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning "olchalar" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Bu haqida Footmercato jurnalisti Santi Auna xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Iraolani klubga taklif qilish ustida "Liverpul" sport direktori Richard Hyuz ishlamoqda, u avvalroq murabbiyni "Bornmut"ga olib kelgan. Mersisaydliklar ispaniyalikning o‘yin uslubiga qiziqishi ta’kidlanmoqda.
Angliya chempionatining 37 turidan so‘ng "Bornmut" 56 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinni egallab turibdi. "Liverpul" 59 ochko jamg‘arib, beshinchi pog‘onada bormoqda.

Izohlar (0)