“Loko”dan ketgan Jasurni Evropada kutishyaptimi?

  • 28 yanvar, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jasur Jaloliddinov so‘nggi yillarda O‘zbekistonning eng iste’dodli futbolchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning iqtidori nafaqat yurtimizda, balki xorijlik ekspertlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.  Buyuk Britaniyaning mashhur nashri “The Guardian” Jasurni 2002 yilda tug‘ilgan dunyodagi eng iste’dodli 60 nafar futbolchi qatoriga kiritgani ham shundan dalolat beradi.

2019 yilning oxirida Italiyaning “Benevento” klubida malaka oshirgan 18 yoshli futbolchi qator xorijiy klublar e’tiboriga tushgani ham bor gap. “Bunyodkor” boshqaruviga qaytdan Ulug‘bek Mirzaev o‘z vaqtida jurnalistlarga Jasurga “Anderlext”, Moldova, Ispaniya, Birlashgan Arab Amirliklaridan qiziqish bo‘lgani, rasman “Lokomotiv” va “Beshiktosh” murojaat qilganini aytgan edi.

Jasur Evropa futboliga osonroq moslashish uchun “Lokomotiv” variantini tanladi. Biroq, Moskvaliklar Jasurga o‘zini ko‘rsatishga imkon beradi. Legionerlar limitiga sig‘magani uchun uni “Tambov”ga ijaraga berdi. Tambovliklar ham yosh futbolchini maydonga tushirmadi. Mana, yarim mavsumdan so‘ng, besh yillik  shartnoma tomonlar kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. Ha, bu achchiq tajriba bo‘ldi. Bir tomondan nomdor klub tarkibiga kirolmay, o‘yin amaliyotisiz qolgandan ko‘ra, Jasur uchun shunisi ham foydali.

Jasur Jaloliddinovning “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga o‘tishida bosh rolni o‘ynagan Yuriy Belous shartnoma bekor qilinishi futbolchining tashabbusi ekanini ma’lum qildi va hamyurtimizga takliflar etarli ekanini oshkor qildi.

100402-27

- Shartnoma "barbod bo‘ldi", degani qo‘pol ibora. Biz “Lokomotiv” va Jasurning manfaati uchun shartnomani to‘xtatishga qaror qildik. Bu futbolchining tashabbusi bilan bo‘ldi. Klubda legionerlar limiti to‘lgan.

Ikkinchi tomondan Jasur klubdan minnatdor. Buni bir necha marta aytdi. Bu transfer unga juda katta tajriba bo‘ldi, o‘zining kumirlari bo‘lgan Miranchuklar bilan birga shug‘ullandi.

Lekin boshqa tarafdan, u muntazam o‘ynashi va rivojlanishi kerak. Balki, u yana “Lokomotiv”ga qaytar. U hali 18 yoshida jiddiy klubga shunchaki kelmaganini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozir Jasurga bir nechta qiziq takliflar bo‘lyapti. Xususan, Yaqin Sharq mamlakatlari, markaziy Evropa va Ispaniyaning Segundasidan aniq chorlovlar bor. Buyog‘i qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Bugungi kelib, vaziyat oydinlashdi va muzokaralarga kirishish imkoni tug‘ildi.

Shartnoma bekor qilingani uchun kompensatsiya masalasini muhokama qilmaymiz. Bu maxfiy axborot toifasiga kiradi. Lekin bu o‘yinchi uchun ham, klubga ham manfaatli bo‘lganini alohida tilga olishim mumkin, - dedi Yuriy Belous.

Ta’kidlash joizki, Jasur Jaloliddinov Rossiya premer-ligasida debyut qilmay turib, “Lokomotiv”dan ketishga qaror qildi. U O‘zbekiston chempionatlari tarixida yuqori ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Jasur 2018 yilning 2 avgust kuni”Bunyodkor”ning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yinida debyut uchrashuvini o‘tkazganida, 16 yoshu 80 kunlik edi.

5f2e84cfae5ac92bec35ebe2

Jaloliddinov Superligamizdagi birinchi golini  2019 yilning 6 aprel kuni “Navbahor” darvozasiga kiritgan. Umuman olganda, “Bunyodkor” jamoasi safida 29 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marta aniq nishonga olgan.   

Jasur o‘tgan yili O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.    

Jaloliddinovga o‘xshagan “Messi”larni katta pulga o‘tkazmoqchi bo‘lishadi

Jaloliddinov “Tambov”da qolmasligi aniq, unga xorijdan taklif bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!