
London klubi sodiq sardorini jamoadan ketkazmoqchi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min shartnomasi tugagach, London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda To The Lane and Back xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Shporlar" 2025 yilning yozida, Sonning shartnomasi nihoyasiga etganda, 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni o‘ylashmoqda. Ayni damda, klub rahbariyati koreyalik futbolchi bilan yangi kelishuv tuzish ularning rejalaridan o‘rin olmagan.
Son 2015 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt mutaxassislari Sonning qiymatini 38 million evroga baholamoqda.
Fikrlar