
Luis Enrike Mbappening transferiga ishonmadi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike shogirdi Kilian Mbappening atrofida transfer bo‘yicha bo‘layotgan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
- Sizlar men Evropa futbol elitasida qancha vaqtim o‘tkazganimni bilasizlarmi? Besh yil “Real”da, sakkiz yil “Barselona”da to‘p tepdim. Xizonning “Sporting”ida o‘ynadim.
Murabbiy sifatida olti yil davomida “Barselona”, “Real”, “Selta”da ishladim.
Kiyim almashtirish xonasida tug‘ilganman, desam ham bo‘laveradi. Shu bois, har doim atrofimizda turli xil izohlar, mish-mishlar, yolg‘onlar urchiyverishini juda yaxshi bilaman.
Men bunaqa narsalarga ko‘nikib qolganman va menga hech narsaning farqi yo‘q, - dedi Luis Enrike.
Fikrlar