
Madiyar Daniyarov chorak finalda g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoamiz vakillari esa “Thailand Open” janglarida g‘alabali yurishini davom etmoqda.
Madiyar Daniyarov filippinlik Jon Napolesga qarshi -60 kg da ringga ko‘tarildi.
Birinchi raund kichik ustunlik bilan raqib foydasiga hal bo‘ldi, biroq keyingi raundlarda bokschimiz Filippin vakiliga hech qanday imkon bermadi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Elyorbek Jo‘raboev va janubiy koreyalik Jung Haneul to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar