Mahmud G‘oipov Meksikada mag‘lub bo‘ldi
Hamyurtimiz Mahmud G‘oipov o‘zining navbatdagi jangini Meksikada Mauro Perales (6-4-1) ga qarshi o‘tkazdi.
Jang yarim o‘rta vazn toifasida (66kg) bo‘lib, 8 raundlik qilib belgilangan edi va u to‘liq davom etdi.
Yakunda hakamlar qarori bilan G‘oipovning mag‘lubiyati qayd etildi va Mauro Perales o‘zining 7-g‘alabasini tantana qildi. Shu bilan uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor. Mahmud esa bugungisi bilan 4 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar