
Mahmud Muradov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Mahmud Muradov Chexiyaning Brno shahrida tashkil qilingan “XFN-17” professional janglar kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
“DRFG Arena”da kechgan qarama-qarshilikda unga shvetsiyalik Diego Gonsales raqiblik qildi. Uch raund davom etgan to‘qnashuvda Mahmud deyarli to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va bir necha marta Diegoni ringga ham qulatdi. Shunday bo‘lsada, raqib jang oxirigacha qadar tura oldi.
Bu bilan Mahmud faoliyatidagi 19-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning hisobida 6 mag‘lubiyat ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov ushbu turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu kamarni u o‘tgan yili braziliyalik David Ramiresga qarshi kechgan revansh jangida qo‘lga kiritgan.
Fikrlar