Manba: Gvardiola bu yoz “Siti”dan ketadi
Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda
"Manchester Siti" 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga qarama-y, bosh murabbiy Xosep Gvardiola mavsum yakunida klubni tark etishiga ishonadi. Ispaniyalik mutaxassis bir necha hafta oldin ketishga qaror qilgan. Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "shaharliklar" qarorgohida rasmiy e’lon qilinishiга bir necha kun qolganini taxmin qilishmoqda.
Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda "shaharliklar" uning qo‘l ostida Liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. APLning 36 turidan so‘ng jamoa 77 ochko jamg‘arib, peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Har ikki klub chempionatda yana ikkita o‘yin o‘tkazadi.
Izohlar (0)