Manba: "Real" Alonsoni ishdan bo‘shatmoqchi emas!
"Real Madrid" rahbariyati bosh murabbiy Xabi Alonsoni saqlab qolish niyatida. Bu ma’lumotni mashhur jurnalist Xosep Pedrerol e’lon qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda "Real" murabbiyni o‘zgartirishni o‘ylamyapti. Ammo agar vaziyat kelgusi o‘yinlarda o‘zgarmasa, Alonsoning ishdan bo‘shatilishi dekabr oyi yakunida sodir bo‘lishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, "qirollik klubi" OAVda xabar qilinganidek, Zidan va Kloppni taklif qilish variantlarini ko‘rib chiqmayapti.
"Real Madrid" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining 6-tur o‘yini 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar