"Manchester Siti" - "Liverpul" - 12:1
Manchesterliklar mersisaydliklarga "non" bermayapti
«Manchester Siti» futbolchilari «Liverpul»ga qarshi qatorasiga to‘rt o‘yindan buyon g‘alaba qozonmoqda.
Bu gal «shaharliklar» Angliya premyer-ligasining 6-turida mersisaydliklar darvozasini javobsiz uch marta ishg‘ol etib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bundan oldin ham «Siti» vakillari «Liverpul»ni ikki marta Premyer-ligada (3:0, 2:1) va bir bor Angliya kubogi bahsida (4:0) mag‘lub etgan edi.
«Liverpul»ning «Siti» ustidan so‘nggi g‘alabasi 2025 yil fevral oyiga to‘g‘ri keladi — o‘shanda mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Izohlar (0)